17:11 / 23.03.2016
1252

OAV: Bryusseldagi teraktning uchinchi ijrochisi Abdislomning xabarchisi bo‘lib chiqdi

Bryusseldagi teraktlar tashkilotchiligida gumonlanib, Belgiya politsiyasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan uchinchi shaxs Najim Laxraui hisoblanadi. Bu haqda mahalliy La Derniere Heure gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bryussel aeroportidagi kuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan suratdagi uchinchi shaxs aynan u, ya'ni o‘tgan haftada Parij teraktlari tashkilotchisi sifatida qo‘lga olingan Saloh Abdislomning xabarchisi hisoblanadi.

Najim Laxraui 18 mart kuni Saloh Abdisalom qo‘lga olingach, uning sherigi sifatida qidiruvga berilgandi.

Bundan oldinroq, Belgiya IIV rahbari Yan Yambon Bryusseldagi portlashlar Abdislomning qo‘lga olinishi bilan aloqador emasligini bildirgandi. Portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan IShID ham bu teraktlar Belgiyaning xalqaro koalitsiya tarkibida Iroq va Suriya hududidagi amaliyotlarda qatnashganiga javoban sodir etilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlash sodir etildi. Ko‘p o‘tmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 250ga yaqin kishi jarohatlangan.

Bryussel aeroportidagi terakt ijrochiligida gumon qilinayotganlarning shaxslari aniqlandi

Top