19:54 / 23.03.2016
4421

«O‘zsanoatqurilishbank» rahbari Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti farmoniga asosan Saidkamol Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

U mazkur lavozimda 2010 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyevning o‘rnini egalladi.

1979 yida tug‘ilgan Saidkamol Xodjayev 2014 yilning dekabridan «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisi vazifasida ishlagan. Bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan.

Saidkamol Saidkarimovich Xodjayev 2003 yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Top