15:54 / 23.03.2016
1740

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarilishi haqidagi rejalar fosh bo‘ldi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) internetda joylashtirilgan muxolifat vakillarining davlat hukumatini bosib olish to‘g‘risidagi rejalari muhokama qilingan audioqaydning haqiqiyligini tasdiqladi. Bu haqda mahkamaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.

Qirg‘iziston internet segmentlarida 22 mart kuni uch nafar erkakning suhbati yozib olingan audioqayd paydo bo‘lgan edi. Ularning ovozi siyosatchi Davlatbek Turdunaliyev, janubiy Jalolobod viloyati sobiq gubernatori Bekto‘ra Asanov va Milliy muxolifat harakati boshqaruvchilaridan biri Quvonchbek Qodirovlarning ovoziga o‘xshashi foydalanuvchilarning e'tiborini tortgan.

Suhbat ishtirokchilari mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olish rejasini muhokama qiladi. Ular 14 mart kuni Talas viloyati, 24 mart kuni esa O‘sh va Batken viloyatlari markazidagi, keyin boshqa ma'muriy markazlar, xususan Bishkekdagi davlat organlari binosini bosib olishni rejalashtirishgan. Ularning asosiy maqsadi prezident, bosh vazir va parlamentni ag‘darish bo‘lgan.

Top