Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:05 / 23.03.2016
2499
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda qattiq sovuq oqibatida mevali bog‘lar jabr ko‘rdi
Qirg‘izistonning Batken viloyatida qattiq sovuq natijasida 310 gektar mevali daraxtlar nobud bo‘ldi.
Shuningdek, tungi havo harorati 0...-2 gradusgacha tushib ketadigan O‘sh, Jalol-Obod, Chuy va Talas viloyatlarida ham mevali daraxtlarni sovuq urib ketish xavfi bor.
Bunday keskin sovuqlar kurtak yozgan daraxtlar, butalar uchun xatarli, deb xabar beradi Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish