Jahon | 08:29 / 23.03.2016
5302
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaga "javob urushi" bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya AQSh, Janubiy Koreya va uning prezidenti Pak Kin Xega "javob urushi" bilan tahdid qildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.

"Shu ondan boshlab Shimoliy Koreya armiya va inqilob kuchlari adolat uchun AQSh va Pakka ergashuvchilarni yo‘q qilish uchun javob urushiga tayyorlanadilar", deb aytildi Shimoliy Koreyaning Koreyalararo aloqalar qo‘mitasida.

Koreya markaziy telegraf agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy ig‘volari Pxenyan sabrining tugashiga olib kelmoqda. Bayonotda, shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti qarorgohi Chonvade "tugmachani bir bosish bilan" "olov va kul dengizi"ga aylanishi mumkinligi aytilgan.