13:47 / 23.03.2016
1337

Taksi haydovchisi Bryusselda bombalarni topishda yordam berdi

Bryussel politsiyasi taksi haydovchisi bergan ma'lumotlarga tayangan holda aeroport va Skarbek kommunasidagi kvartirada portlash moslamasini qo‘lga kiritdi.

La Derniere Heure nashrining xabariga ko‘ra, haydovchi taxminiy terroristlarni aeroportga olib borgan. OAV orqali jinoyatchilar haqida eshitgach, u o‘sha zahoti politsiya bilan bog‘lanadi va shubhali shaxslar, kuzatuv kameralarida ko‘rsatilganidek, uchta emas, ko‘proq sumka olib kirishganini ma'lum qiladi. Aynan shu ko‘rsatmalar politsiyaga Bryussel aeroportida portlamagan bombani topishda yordam berdi.

Bundan tashqari, taksi haydovchisi yo‘lovchilarni olib ketgan Skarbek kommunasidagi uy manzilini ham bildirgan. Uning aytishicha, yo‘lovchilar ko‘proq xalta olmoqchi bo‘lishgan, lekin mashinada boshqa joy qolmagan. Ko‘rsatilgan manzil tintuv qilinganda, portlovchi moslama, kimyoviy moddalar va IShID terroristik guruhining bayrog‘i topilgan.

Top