Jamiyat | 22:01 / 24.03.2016
1911
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda muhandislar Google xaritasidagi noto‘g‘ri manzil tufayli boshqa uyni buzib yuborishdi

AQShda muhandislik kompaniyasining ishchilari yanglishib, boshqa uyni buzib yuborishdi. Bu haqida Engadget nashri xabar berdi.

Voqea Texas shtatining Roulett shahrida sodir bo‘ldi. Kompaniya qo‘shni ko‘chadagi uyni buzishi kerak edi, biroq ular 2015 yilda tornadodan ziyon ko‘rgan boshqa bir uyni buzib yuborishgan.

Ikkala ko‘chaning nomlari o‘xshash bo‘lgani xatoga sabab bo‘lgan. Keyinroq ishchilar kerakli manzilni topib, uyni buzishga kirishishdi. Muhandis esa buyurtmachiga Google xaritasini skrinshot qilib, uy manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilganini aytgan.