18:07 / 24.03.2016
1281

Domodedovo aeroportida 80dan ortiq pokistonlik ushlab qolindi

23 mart kuni kechqurun Moskvaning Domodedovo aeroportida 80 nafardan ortiq pokistonliklarni ushlab qolishdi. Ularni viza qonunchiligini buzganlikda gumon qilishmoqda. Bu haqda Pokistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimiga asoslanib, TASS agentligi xabar bergan.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, 84 nafar pokistonlik Domodedovo aeroportida ushlanib turilibdi.

«Bu guruhdan tashqari yana 48 nafar fuqaro Vnukovo aeroportidan Islomobodga deport qilindi», - deydi manba.

Aeroportdagi Rossiya konsulining tushuntirishicha, qolganlar ham deport qilininishining «yuqori ehtimoli» mavjud.

Moskva shahrida yashash uchun yetarli miqdorda mablag‘ning ularda yo‘qligi migratsiya xizmati tomonidan Rossiya hududiga kiritilmaslikka sabab sifatida ko‘rsatildi.

«Moskvaga kelganlarning sayohatchilar ekanligini tasdiqlovchi barcha kerakli hujjatlar bizda mavjud. Ularga vizalar berilgan va mehmonxonalardan egallangan joylar haqida hujjatlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi Pokiston kompaniyalarining tadbirkorlari», - deb davom ettirdi Pokiston elchixonasi xodimi.

Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya TIVga norozilik notasi jo‘natilgan.

Top