Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 21:55 / 24.03.2016
6075
1 daqiqa o‘qiladi
Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ishga tushirildi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement” mas'uliyati cheklangan jamiyati qoshida yangi sement zavodi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Korxona kuniga 350 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.
"Umumiy qiymati 1 million 938 ming dollar bo‘lgan ushbu korxona xitoylik mutaxassislar yordamida qurib bitkazildi. Korxona ish boshlashi bilan 100 dan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta'minlandi", – deydi “Turon eco cement” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Qodirjon Ahmedov.