Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guus Hiddink: «APL qiyin turnir, shu tufayli yosh futbolchilarga ko‘p imkon bera olmayman»
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Guus Hiddink jamoasiga tanlaydigan futbolchilar borasida fikrini bildirib o‘tdi.
«Premer-liga juda murakkab turnir, shu sababdan men Traore, Loftus-Chik va Kenedi kabi yoshlarni kamroq maydonga tushiraman. Ularga hozircha jamoaning asosiy futbolchilari bo‘lish va o‘yinda yetakchilik qilishlari qiyin.
19–20 yosh — bu yuqori saviya talab qilish uchun juda erta muddat. Bu yoshdagi futbolchilardan Lempard, Terri va Drogba kabi futbolchilarning klub uchun ko‘rsatgan harakatlarini so‘rash yaramaydi. Ular jamoa o‘yiniga to‘liq moslashib olishlari kerak, ammo hozirdanoq bu yoshlar rotatsiya uchun juda foydali futbolchilarga aylana olishadi», — deya ta'kidlagan Hiddink.