11:58 / 24.03.2016
1257

Janubiy Koreya prezidenti harbiylarga yuqori jangovar tayyorgarlikda turishni buyurdi

Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe mamlakat qurolli kuchlariga jangovar tayyorgarlikni oshirishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotib Kim Son U 24 mart kuni ma'lum qildi.

Pxenyan tomonidan Seulga yo‘naltirilgan tahdidlarga izoh berar ekan: “Harbiylar Shimoliy Koreyaning har qanday fitna harakatlariga zudlik bilan va hal qiluvchi javob qaytarish haqida ko‘rsatma oldilar”, -dedi matbuot kotibi.

15 mart kuni Pxenyan yaqin kunlarda yadro kallaklari va ballistik raketalarning yangi sinov tajribalarini o‘tkazishini ma'lum qilgan edi. Fevral oyi boshida esa KXDR raketa tashuvchisi sun'iy yo‘ldosh bilan birga ishga tushirilganini bildirgan. 6 yanvar kuni Pxenyan 10 yil davomida to‘rtinchi marotaba yer osti yadroviy tajribasini o‘tkazdi. KXDR ushbu yadro sinovlari AQShning dushmanlarcha munosabatiga o‘zini mudofaa qilish uchun o‘tkazilgan, sun'iy yo‘ldosh esa tinch maqsadlarda fazoni tadqiq etish maqsadida amalga oshirilganini bayon qildi.

BMT Xavfsizlik Kengashi qarori Pxenyanga yadro texnologiyalari bilan bog‘liq har qanday harakatlar, shuningdek, ballistik raketalar ishlab chiqarishni man etadi.

Top