Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
65 yoshli kanadalik qo‘lda tayanib ko‘tarilish bo‘yicha rekord qayd etdi
Kanada fuqarosi bo‘lgan Alan Vazelenchuk qo‘lda tayanib ko‘tarilish (otjimaniye) bo‘yicha hozircha norasmiy bo‘lib turgan rekordni qayd etdi. CBC bergan ma'lumotga ko‘ra, 65 yoshli Edmontonda yashovchi fuqaro 91 marta qo‘lga tayanib ko‘tarilish mashqini amalga oshirgan.
«Men o‘zimda stress holatini sezdim. Men barcha odamlar oldida ularni sharmanda qilishni istamasdim. Shu yoshimda bunchalik asabiylashaman deb o‘ylamagandim», – deya ta'kidlagan Vazelenchuk.
Vazelenchuk avtobus haydovchisi sifatida nafaqaga chiqqan. U 2015 yilning noyabridan boshlab shug‘ullanib keladi. Kanadalikning tan olishicha, u o‘zida ortiqcha vazni sezgan va formasini yo‘qota boshlagach shu qarorga kelgan.
Endilikda, Vazelenchuk o‘z harakatlari jamlangan videoyozuvni Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislariga jo‘natishi lozim. Olti-yetti hafta o‘tib uning natijasi rekord sifatida qayd qilinishi yoki qilinmasligi oydinlashadi.
Al Waselnchuk starts the attempt to break the #Guinnessworldrecord for knuckle pushups in 1 min! #NAIT pic.twitter.com/vO7VQ6kwg8
— NAIT (@NAIT) 22 marta 2016 g.