09:56 / 24.03.2016
1543

Obama o‘z qizi Messi bilan tanishishni istayotgani haqida aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama Argentinaga safari vaqtida qizlaridan biri (katta qizi - Maliya) "Barselona" jamoasining argentinalik futbolchisi Lionel Messi bilan tanishishni xohlayotgani haqida aytib berdi.

"Mening qizim Rim papasi bilan uchrashib, gaplashdi. Endi u Messi bilan tanishishni istamoqda. Lekin hozircha men uning bu istagini bajo eta olganim yo‘q", deya Obamaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Bundan oldinroq, Obama kubalik komiklar bilan domino o‘ynagani haqida xabar berilgandi.

23 mart kuni AQSh prezidenti Barak Obama ikki kunlik tashrif bilan Argentinaga keldi. Unga rafiqasi Mishel va qizlari Maliya hamda Sasha hamrohlik qilishmoqda.

Obama Argentinaga rasmiy tashrif uyushtirdi

Barak va Mishel Obama Argentinaga safar davomida tango raqsini ijro etishdi

Top