O‘zbekiston | 12:38 / 24.03.2016
2020
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq KMKda mis eritish pechkasi qurilishi kuzda yakunlanadi

Olmaliq KMK 2014 yil tender savdosi natijasida tayyor holda topshirish sharti asosida nemis kompaniyasi bilan umumiy qiymati 97,7 million dollar bo‘lgan yangi eritish pechkasi qurilishi shartnomasini imzolagan.

Dobersek Engineering GmbH nemis kompaniyasi shu yilning 1 sentabrigacha Olmaliq KMKda yangi mis eritish pechkasi qurilishini yakunlaydi, deb xabar beradi Sputnik.

Loyiha 34,6 million dollar miqdoridagi kombinatning o‘z mablag‘i hamda 29 million dollar hajmidagi Qayta qurish va rivojlantirish jamg‘armasi krediti va 34,1 million dollar miqdoridagi “Ipoteka bank” krediti hisobidan amalga oshiriladi.

Olmaliq kon metallurgiya kombinati O‘zbekistonda yagona mis ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Respublika bo‘yicha kumushning 90 foizi va oltinning 20 foizi korxona ulushiga to‘g‘ri keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish