14:28 / 24.03.2016
2281

Qirg‘izistonda haj ziyoratiga boruvchilar uchun liboslar tikish tanlovi o‘tkazildi

Qirg‘izistonda haj safariga boruvchilar uchun liboslar tikish tanlovi nihoyasiga yetdi. Bu haqida QMRB (Qirg‘iziston musulmonlarini ruhiy boshqarish) matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tanlovda to‘rt nafar tadbirkor: Nargiza Tilekova, Baktibek Masipkaziyev, M.Jumabayeva va Alisher Tagayev ishtirok etishdi.

Hay'at a'zolari bo‘lgan muftiyat, Din masalalari bo‘yicha davlat kommissiyasi, IIV, MHDQ va Olimlar kengashi vakillari ishtirokchilarni baholashda ko‘ylaklarning sifatli matodan qulay, xavfsiz qilib tikilganini hisobga olishdi.

Tanlov so‘ngida Nargiza Tilekova g‘olib bo‘ldi. Uning kiyim to‘plami narxi 20 dollarni tashkil etadi. Mazkur qiymat haj safari xarajatlari hisobiga kiradi.

“24” axborot agentligining xabar berishicha, muftiyat matbuot xizmatida haj ziyorati narxlari hali e'lon qilinmagan. Shuningdek, aviachiptalar narxi ham ma'lum emas.

2015 yilda bir kishidan haj ziyorati uchun zarur xarajatlar 2,55 ming dollarni tashkil etgandi.

Top