Sport | 12:23 / 24.03.2016
1335
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu futbolni tark etgach qaysi sohada faoliyat ko‘rsatmoqchiligini aytdi

Ispaniyaning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyingi rejalari borasida o‘rtoqlashdi.

«Menga moda olami yoqadi. Bu men hozir tushinishga harakat qilayotgan soha. Chiroyli kiyinishni va har doim chiroyli ko‘rinishda bo‘lishni istayman. Buning uchun nafaqat kiyim balki soch turmagi ham alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘z brendim borligidan faxrlanaman. Bu meni o‘zimni baxtli his qilishimga sabab bo‘ladi. Ko‘plab odamlar moda yo‘lidan ketishadi. Men ham shu jumladan. Maqsadim o‘z brendimni yanada rivojlantirishdan iborat.

Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin o‘zimni aynan moda olamida sinab ko‘rishni istayman», – deya yozib qoldirgan Ronaldu o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish