13:58 / 24.03.2016
1330

Shahzoda Harri Nepaldagi tashrifini uzaytirdi

Britaniyalik shahzoda Harri yer qimirlashi oqibatida ziyon ko‘rgan maktabni qayta tiklash ishlarida qatnashish uchun Nepaldagi tashrif muddatini uzaytirdi.

Kensington saroyi tvitterida yozilishicha, Yelizaveta II’ning nabirasi bu yerda yana olti kun bo‘ladi.

Harrining tan olishiga ko‘ra, bu yerda uchratgan odamlari va mamlakatning go‘zalligi tufayli u Nepaldan ketish qiynalayotgan ekan.

Kelgusi olti kunni u Team Rubicon UK xayriya tashkiloti bilan birga o‘tkazadi.

Harri Himolay qishloqlaridan biriga yo‘l oladi. Bu yerda 2015 yil aprel oyida yer silkinishi oqibatida maktab vayron bo‘lgan edi. Umumiy hisobda bu hududda 9 ming kishi halok bo‘lgan, o‘n minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Top