17:32 / 24.03.2016
1414

Terakt kuni belgiyalik taksi haydovchilari yo‘l narxini oshirishgan

Terakt tufayli reyslari Sharlerua aeroportiga ko‘chirilgan yo‘lovchilar vaziyatdan unumli foydalangan taksi haydovchilarining o‘ta qimmat xizmatlaridan foydalanishga majbur bo‘lganlar, deb xabar beradi La Derniere Heure.

“Biz yo‘lovchilardan juda ko‘p shikoyatlar oldik. Taksi haydovchilari bir kilometr uchun 5 yevrodan haq talab qilishgan”, - ma'lum qildi aeroport direktori Jan-Jak Kloke.

Aeroport ma'muriyati rahbari Loran Levek ham taksi haydovchilarining bunday harakatidan juda xafa ekanini bildirdi: “Birdamlik, hamjihatlikni namoyon qilish kerak bo‘lgan paytda bu - haqiqiy sharmandalik”.

Top