«Toshkent» vokzali hududida ta'mirlash ishlari boshlandi
24 mart kuni ertalab «Toshkent» vokzali (Shimoliy) yaqinidagi tramvay yo‘li qismidagi relslarni olib tashlash ishlari boshlandi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining "VoditeliTashkenta" guruhida ma'lum qilingan.
Guruh a'zolarining yozishicha, tramvay yo‘li demontaji olib borilayotgan mauzkur hududda avtomobillar harakati qiyinlashishi mumkin.
Shuningdek, Taraqqiyot ko‘chasidan eski Toshkent tibbiyot akademiyasigacha bo‘lgan tramvay yo‘lida demontaj ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligi Taraqqiyot ko‘chasidan boshlanib, Toshkent mexanika zavodi orqali Ohangaron yo‘liga (Rohat) qadar davom etuvchi tramvay yo‘li qurish loyihasidan voz kechgani haqida xabar berilgandi.
Keyinroq, «Olmazor» metrosidan (sobiq «Sobir Rahimov») Sergeli dahasigacha tezyurar tramvay yo‘li qurilishi haqida xabar qilindi.