13:52 / 24.03.2016
2879

Yaponcha diyeta umrni uzaytirishi tasdiqlandi

Global salomatlik va meditsina Milliy markazi rahbarligida olib borilgan 15 yillik tadqiqotda deyarli 80 ming nafar katta shaharlarda istiqomat qiluvchi yaponiyaliklar ishtirok etgan. Qatnashchilar har besh yilda o‘zlari iste'mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risidagi so‘rovnomani to‘ldirganlar. Olimlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiya etgan mahsulotlarni iste'mol qilgan odamlar o‘rtasida o‘lim holati diyetaga rioya qilmaydigan odamlarga nisbatan 15 foiz kam ekanini aniqladilar.
Tadqiqot natijalari BMJ jurnalida chop etildi.

15 yil davom etgan tadqiqotda onkologik, insult, yurak ishemik kasalligi va surunkali jigar xastaligi bo‘lmagan ko‘ngillilar qatnashganlar.

Yaponiyada o‘rtacha umr davomiyligi dunyoda eng baland ko‘rsatkichlardan biri. 2012 yili yapon ayollari o‘rtacha umr davomiyligi 87 yoshni qayd etib, bu borada rekord o‘rnatishgan.

Top