Kerri: AQSh Rossiya bilan munosabatlarini tiklamoqchi
AQSh davlat kotibining TASS axborot agentligiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, Ukraina muammosi yechim topishi bilan AQSh va Rossiya federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar tezroq tiklanishi mumkin.
"Munosabatlarimizda ijobiy o‘zgarishlar bor. Rossiyaga tashrif buyurganimda prezident Putin menga vaqt ajratib, qiyin vazifalarni yechimini topishga va hamkorlik qilishga alohida e'tibor qaratadi. Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham samarali hamkorlik qilyapmiz. O‘zaro hamkorligimiz samarali natijalar beryapti",
— dedi AQSh davlat kotibi Jon Kerri. AQSh va Rossiya hamkorligi o‘laroq Suriyadagi jangovor vaziyat muvaffaqiyatli yakun topdi. "Bu yaxshi natija va biz uchun yanada sermahsul munosabatlarga yo‘l ochadi", — deb ishonch bildirdi Kerri. "Albatta to‘siqlar bor, ammo ikki tomon ham ularni yengib o‘tish tarafdori. Eng asosiysi, biz hammamiz ekstremizmning beshafqat zarbalariga duch kelyapmiz.
AQSh ham, Rossiya ham ekstremizmga qarshi kurashadi, osoyishtalikni tiklash tarafdorlari, ikkala davlat ham yashirin niyatlarsiz ochiq hamkorlik qilayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Yovuz kuchlarni yakson qilish uchun ham birlashishimiz shart", — dedi AQSh davlat kotibi.