10:04 / 25.03.2016
1387

Kerri Moskvaga nima uchun o‘zi bilan gitarasini olib kelganini gapirib berdi

Moskvaga Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgani kelgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri matbuot-anjumanida nima uchun o‘zi bilan gitarasini olib kelgani sababini aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi ma'lum qildi.

Kerrining aytishicha, u "gitarada chalishni ko‘p mashq qilish uchun" uni butun dunyo bo‘ylab o‘zi bilan olib yuradi.

"Men maktabda gitara chalardim, YouTube’da men kichik orkestr, jaz-bend bilan, garajda gitara chalganimni ko‘rishingiz mumkin", deb aytdi Kerri.

Kerrining ta'kidlashicha, u "ijro etgan musiqani sifatli deb bo‘lmaydi" va uni faqat o‘zi uchungina ijro etishga harakat qiladi.

Top