20:41 / 25.03.2016
1617

Mac foydalanuvchilari yangi operatsion tizimda muammolarga duch kelishmoqda

Mac foydalanuvchilari OS X El Capitan 10.11.4 rusumdagi operatsion tizimini o‘rnatganlaridan so‘ng, ularning qo‘pchiligi iMessage va FaceTime`ga ulana olmaganidan shikoyat qilishdi. Bu haqida 9to5mac nashri xabar berdi.

Tizimni yangilaganlaridan so‘ng, Apple xizmat dasturlariga qayta kirish lozim, ammo buni amalga oshirishni iloji bo‘lmayapti.

Apple`ning texnik qo‘llab-quvvatlash forumi foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik avtorizatsiya jarayonida iMessage`ga kirish amalga oshirilmadi” degan xatoga duch kelmoqda.

Hozirgi kunda muammoning universal yechimi mavjud emas. Hattoki, operatsion tizimning oldingi rusumiga qaytish ham muammoni hal etmadi, hanuz iMessage`dan foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Shuning uchun, muammo operatsion tizimning o‘zida emas, balki Apple`ning serverlarida bo‘lishi mumkin.

Avvalroq, eski rusumdagi iPad foydalanuvchilari operatsion tizimning iOS 9.3`ga yangilanishi qurilmani ishlashdan butunlay to‘xtatayotgani haqida xabar berishgan edi.

Top