20:41 / 25.03.2016
1401

«Manchester Siti» 50 mln yevroga sotib olmoqchi bo‘lgan fransuz futbolchisi oyog‘ini sindirib oldi

«Atletik» jamoasining fransiyalik yosh futbolchisi Aymerik Lyaport Fransiya va Shotlandiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida og‘ir jarohat oldi.

21 yoshli bu futbolchi maydonni zambilda tark etgan. Dastlabki tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, uning o‘ng oyog‘i suyagi singan.

Futbolchining safga qachon qaytishi aniq emas. Lekin u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi aniqligi aytilmoqda.

Biroz oldinroq, «Manchester Siti» basklar jamoasi rahbariyati bilan bu futbolchini 50 mln yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Top