15:08 / 25.03.2016
1365

Nursulton Nazarboyev: Qozog‘istonning yangi parlamenti murakkab sharoitlarda ish boshlamoqda

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev na iqtisodiyotda va na geosiyosatda yechimlar oson bo‘lmasligidan ogohlantirdi. Uning aytishicha, bu eng avvalo yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy tanazzul bilan bog‘liq hisoblanadi.

"Butun dunyo miqyosida keng qamrovli inqiroz avj olmoqda. Birinchidan, jahondagi beqaror moliyaviy va savdo-sotiq bozorlari Qozog‘iston iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Ikkinchidan, hattoki nisbatan farovon davlatlarda ham turli ijtimoiy muammolar uyumi o‘sib bormoqda", - dedi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston oldindan uzoq muddatli strategiyalar va dasturlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu dasturlar murakkab vazifalarning yechimini topishga qaratilgan.

Nazarboyev yangi parlament oldiga qator vazifalarni qo‘yib, yagona soliq va bojxona kodeksini qabul qilishga chaqirdi.

Qozog‘istonda 20 mart kuni Milliy parlamentning navbatdan tashqari deputatlar saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan 6ta partiya ichidan 3tasi: prezident boshchiligidagi "Nur Otan" (Yurt nuri) partiyasi, "Ak jol" (Oq yo‘l) Qozog‘iston Demokratik partiyasi hamda QXKP Qozog‘iston Xalqaro Kommunistik partiyalari ustunlikka ega bo‘ldi. Saylovchilarning 82,2 foizi ovoz bergan hukumat partiyasi quyi palatada 107ta o‘rindan 84tasini qo‘lga kiritdi.

Top