16:53 / 25.03.2016
1483

Turk mahkamasi Erdo‘g‘onni jurnalistlarga qarshi da'vogar sifatida tan oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, mamlakat sudi qaroriga ko‘ra, Jon Dundor va Erdam Gulga nisbatan da'vogarlardan biri deb e'tirof etildi. Haber Turk’ning ma'lum qilishicha, jurnalistlar davlatga qarshi josuslikda ayblanmoqda. Himoyachilar vakillari, Erdo‘g‘on jurnalistlarning harakatlaridan bevosita aziyat chekmagani tufayli sudning mazkur qaroriga norozilik bildirgan. Ammo ularning fikri rad etilgan. Shuningdek, jurnalistlarga nisbatan sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi xabar qilinmoqda.

Bundan avval, Turkiyadagi yirik matbuot nashrlaridan birining jurnalistlari josuslikda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi. Matbuot xodimlari rasmiy Anqaraning terroristik tashkilotlar bilan aloqasi xususida jurnalistik surishtiruv o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Top