17:23 / 26.03.2016
1308

Niderlandiya 1933 yildan beri birinchi marta o‘z maydonida 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

"Zarg‘aldoqrang"lilar jamoasi so‘nggi bor Fransiyaga mag‘lub bo‘ldi. Bundan avval, “total futbol” namoyandalari Chexiya, Islandiya va AQShga qarshi o‘yinlarda mag‘lubiyat alamini tortishgan edi. "Amsterdam Arena"da bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Niderlandiya Fransiyaga 2:3 hisobida yengildi.

Bu Danni Blind shogirdlarining o‘z uylarida to‘rtinchi bor mag‘lub bo‘lishi edi. Bunday omadsizlik terma jamoa bilan 1933 yilda ham sodir bo‘lgan, deb xabar qiladi Opta tvitteri.

Eslatib o‘tamiz, “uchar” hollandlar jamoasi Yevro-2016 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

Top