00:40 / 26.03.2016
1269

Olland Parij va Bryusselda jangarilar tarmog‘ini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilayotganini ma'lum qildi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Parij va Bryusseldagi jangarilar tarmog‘i ayni vaqtda yo‘q qilinayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Europe 1 radiostansiyasi.

Olland bu haqda Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres bilan uchrashuv boshida aytib o‘tdi.

Olland hukumatda jangarilarning boshqa tarmoqlari va bo‘limlari haqida ma'lumotlar borligi va hozircha ulardan hech qanday tahdid yo‘qligini aytgan.

Avvalroq Interpol Belgiya hukumatiga Bryusseldagi teraktlarni tergov qilishda yordam berayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Top