11:02 / 26.03.2016
1664

Portugaliya futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida Bolgariyaga yutqazdi

Portugaliya terma jamoasi futbolchilari o‘z maydonlarida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Bolgariya terma jamoasiga 0:1 hisobida yutqazishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 19-daqiqada Marselino kiritdi.

Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu 66-daqiqada 11 metrlik jarimani amalga oshira olmadi.

Portugallar keyingi o‘rtoqlik uchrashuvida Belgiya bilan bellashadi. Uchrashuv Portugaliyaning Leyriya shahrida 29 martda bo‘lib o‘tadi.

Top