Jahon | 13:46 / 26.03.2016
1807
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik fizik va Muammar Kaddafiy Saudiya podshohi Abdullaga suiqasd uyushtirgan bo‘lishi mumkin

Britaniya gazetasining ixtiyoriga 2003 yildayoq kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha vaqtda Saudiya valiahd shahzodasi bo‘lgan Abdullaga 2003 yilning o‘zida suiqasd qilish rejalashtirilgan.

Britaniya tergovchilari saudiyalik dissident, fizik Muhammad Al Massariyni Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdullaga nisbatan suiqasd qilishga aloqadorlikda gumon qilishmoqda. Muammar Kaddafiy esa jinoyatning tashkilotchisi bo‘lgani ehtimol, deb yozadi Independent nashri jurnalistlari ixtiyoriga tushgan ma'lumotlarga tayangan holda.

Bu reja haqida esa, AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning maslahatchisi bo‘lib ishlagan keyinroq, "Al-Qoida" jangarilarini moliyalashda ayblanib mahkamaga tortilgan Abdurahmon Alamudiy qo‘lga olingach ma'lum bo‘lgan.

Alamudiy o‘shanda amerikalik tergovchilarga Liviya hukumati bo‘lg‘usi qirolni uning mashinasiga raketa yo‘llash bilan o‘ldirmoqchi ekanini bildirgan. Liviya rahbariyati g‘arazli niyatini amalga oshirish maqsadida 1994 yilda Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan Massariyga uchrashgan. U o‘z navbatida Londonda istiqomat qiluvchi Saudiya boshqaruvidan norozi kayfiyatdagi saudiyaliklar orasidan jinoyat ijrosiga munosib nomzodlar topishi lozim edi.

Tergov taxminlariga ko‘ra, Massariy shu maqsadda 600 ming funt sterling pul olgan bo‘lishi mumkin. Ammo, Birlashgan qirollikning jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligi xodimlari 2014 yili fizik bilan suhbat o‘tkazganida Massariy ayblovlarni rad etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish