Sport | 07:41 / 27.03.2016
1600
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Germaniya bilan uchrashuvda irodali g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mehmonda g‘alabaga erishdi. Berlindagi "Olimpiashtadion" stadionida o‘tgan uchrashuv 2:3 hisobida yakunlandi.

Inglizlar uchrashuvning 61-daqiqasiga kelib 2:0 hisobida yutqazayotgan edilar, biroq ular qolgan vaqt ichida o‘zlarining barcha mahoratlarini ishga solib, o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Amaldagi jahon chempionlari safida gollarni Toni Kroos va Mario Gomes, inglizlar safida esa gollarni Xarri Keyn, Jyeymi Vardi va Erik Dayyer kiritdilar. Dayyer o‘z golini 90-daqiqada kiritishga muvaffaq bo‘ldi.  

O‘rtoqlik o‘yini
Germaniya – Angliya 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 43 Kroos, 2:0 – 57 Gomes, 2:1 – 61 Keyn, 2:2 – 75 Vardi, 2:3 – 90 Dayyer.
Germaniya – Noyyer, Xummels (Ta, 46), Xektor, Ryudiger, Xedira, Jan, Kroos, O‘zil, Roys (Shyurrle, 64), Myuller (Podolski, 75), Gomes (Gettse, 79).
Angliya – Batlend (Forster, 45), Keyxill, Dayyer, Rouz, Klayn, Alli, Lallana (Barkli, 71), Xenderson, Smolling, Keyn, Uelbek (Vardi, 71).
Ogohlantirishlar: Jan (39), Dayyer (81).