18:11 / 27.03.2016
1651

Antoni Marsyal: «Van Gaal menga jahl qila boshlasa, men jilmayaman. Axir u men uchun qayg‘urishini bilaman»

«Manchester Yunayted» jamoasining fransiyalik yosh hujumchisi Antoni Marsyal o‘zining jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaal hamda Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham bilan munosabatlari haqida aytib berdi.

«Van Gaal menga jahl qilib, baqirib turadi. Men esa bunday paytda jilmayaman, axir u menga yaxshi bo‘lishi uchun shunday qilishini bilaman.

U men bilan juda qattiqqo‘l va menga aynan shunaqasi kerak.

«Monako»dagi ustozim ham talabchanlikda undan kam emasdi.

Desham esa bir kuni do‘stlari bilan uchrashish uchun kelgan joyida meni ko‘rib qoldi. U meni chaqirib dedi: «Sen o‘z iqtidoringni nimaga aylantirmoqchisan?»

Shundan so‘ng men ba'zi narsalarni tushunib yetganman va ishlashda davom etganman. Natijada bu ishning samarasini ko‘rdim», – deydi Marsyal RTL telekanali efiri orqali.

Top