09:44 / 27.03.2016
1464

Benzema xususiy samolyot sotib oldi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Karim Benzema xususiy samolyot sotib olgan.

28 yoshli bu fransuz futbolchisi o‘zining bu qimmatbaho mulkini hech kimdan yashirmadi va uning ichida tushirilgan videoni Instagramiga joylashtirdi.

«Real» maxlislari uning bu xaridi borasida turli fikrlar bildirishmoqda. Ularning orasida futbolchining «Lion» klubi va Fransiya terma jamoasi vakili Matyo Valbuenaga nisbatan shov-shuvli ishdan qutilmagan bir paytda bu xaridni amalga oshirish ajablanarli ekanini bildirganlar ham bor.

Qayd etish kerakki, ayni vaqtda Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Neymar, Lionel Messi va Devid Bekhem kabi futbolchilar ham xususiy samolyotlarga ega.

Top