Jamiyat | 09:37 / 27.03.2016
1155
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada batutada sakrayotgan qiz shamol tufayli yerga qulab halok bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning Harlou shahridagi ko‘ngilochar bog‘da Pasxa bayramining nishonlanishi vaqtida 7 yoshli qizcha baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, qiz batutada sakrayotganda uni keskin shamol oqimi chetga itqitib yuborgan. U oqibatda yerga zarba bilan urilib, og‘ir jarohatlar olgan.

Qizcha shahardagi malika Aleksandra shifoxonasiga yetkazilgan, biroq olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.

Noxush voqea sababli Esseks politsiyasi mas'uliyatsizlikda gumon qilib ikki kishini hibsga oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish