Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:28 / 27.03.2016
1105
1 daqiqa o‘qiladi
Finlyandiyada pasxa ibodati oldidan qadimiy cherkov yonib ketdi
Finlyandiyaning Yuliviyeska shahrida pasxa ibodati oldidan 18 asrda barpo etilgan qadimiy cherkov yonib ketdi, deb xabar bermoqda Kaleva nashri.
Qutqaruvchilarning fikricha, cherkovga ataylab o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Ma'lum qilinishicha, cherkovda yong‘in chiqqandan bir soat o‘tib u butkul vayronaga aylangan, qo‘ng‘iroq qulagan, cherkovdagi anjomlarni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Keyinroq politsiya cherkovga o‘t qo‘yishda gumon qilib yosh yigitni qo‘lga olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish