23:56 / 27.03.2016
1497

Pokistonda bolalar bog‘idagi portlash qurbonlari soni 50 dan oshib ketdi

Pokistonning sharqidagi Laxor shahrida terrorchi-xudkushning o‘zini portlatishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 53 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Dawn nashri.

Ta'kidlanishicha, 100 dan ortiq odam jarohatlangan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi portlovchi qurilmani bolalar bog‘ida harakatga keltirgan. Bog‘da 27 martda nishonlangan Pasxa bayrami munosabati bilan ko‘plab odamlar oilalari bilan birga hordiq chiqarayotgan bo‘lganlar, shuning uchun ko‘plab bolalar va ayollar jabrlangan.

Agentlik manbalaridan biri bergan ma'lumotga ko‘ra, portlash haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 18.44 da olingan. Shundan keyin 20 ga yaqin tez yordam mashinasi voqea joyiga yo‘l olgan.

Top