Jahon | 09:23 / 27.03.2016
1337
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Obama IShID va Asadga qarshi 2 frontda kurashib ahmoqlik qilmoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQSh prezidenti Barak Obamaning bir vaqtda ikki frontda, ya'ni IShID va Suriya hukumatiga qarshi kurashishini ahmoqlik deb atadi. U bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Ular bir-biri bilan urushmoqda, biz esa ularning ikkisi bilan kurashmoqdamiz", deb aytdi Tramp.

Uning aytishicha, IShID Bashar Asaddan ko‘ra kattaroq muammo hisoblanadi.

Trampning fikricha, IShIDga qarshi samarali kurashish uchun uni resurslarga, jumladan neftga egalik qilishdan mahrum etish yetarli bo‘ladi.

Avvalroq Tramp NATOni eskirib qolgan va iqtisodiy jihatdan foydasiz tashkilot deb atagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish