Jahon | 07:13 / 27.03.2016
1761
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda to‘satdan armiyaning jangovar tayyorgarligi tekshirila boshlandi

Turkmanistonda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning buyrug‘i bilan to‘satdan armiyaning jangovar tayyorgarligi tekshirila boshlandi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Jangovar tayyorgarlik holatiga quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-havo kuchlari, havodan hujumga qarshi mudofaa qo‘shinlari va harbiy-dengiz kuchlari harbiy qismlari jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi. Tekshiruvda samolyotlar, vertolyotlar, uchuvchisiz parvoz qurilmalari, jangovar kemalar va ta'minlash kemalari ishtirok etmoqda. Uzoq vaqt saqlangan texnika ishga tushirilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu tekshiruvdan asosiy maqsad barcha qo‘shin turlarining birgalikdagi harakatlarini mashq qilishdan iborat.

Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar vaqtida terrorchi to‘dalarning hujumini qaytarish va ularni yo‘q qilish ssenariylari bo‘yicha mashq qilinmoqda.