Sport | 18:19 / 28.03.2016
2372
1 daqiqa o‘qiladi
"Barselona" va "Real" yoshlari o‘rtasida "kichik el-klasiko" o‘tkazildi
Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va boshqa futbol yulduzlarinining davomchilari bo‘lib yetishadigan yosh futbolchilarning shu haftada o‘tkazilgan "mini klassikosi" o‘zaro qarama-qarshilikda o‘ziga xos burilish yasadi.
O‘yin 2016 yil haftalik turniri finalida - Yevropaning eng yaxshi jamolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Ispaniyaning eng zo‘r ikki jamoasi ham finalda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. "Barsa"ning 10-11 yoshli o‘yinchilarining final o‘yinidagi ishtiroki omadliroq chiqdi.
Unda "Barselona" vakillari 2-0 hisobida g‘alaba qozongan. Gollarni Mark Hurado va Toni Karavasa urishgan.