10:23 / 28.03.2016
1391

Buyuk Britaniya Lahor teraktidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

Buyuk Britaniya Pokistonning Lahor shahrida sodir etilgan terakt talofatlariga qarshi kurashishda o‘z yordamini taklif etdi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Devid Kemeron ma'lum qilgan.

"Men Lahordagi voqeadan shokka tushdim. Biz bu terakt jabrlanuvchilariga yordam ko‘rsatish uchun kerakli yordamlarni ko‘rsatishga tayyormiz", deya yozgan vazir o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni kechasi terrorchi Lahordagi bolalar bog‘ida o‘zini portlatib yubordi. Natija asosan ayollar va bolalar tashrif buyurgan hududda 69 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 300dan ortiq kishi jabrlangan.

Terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" o‘z zimmasiga olgan.

Top