Jamiyat | 20:32 / 28.03.2016
2188
1 daqiqa o‘qiladi
Druz pomidor to‘g‘risidagi savol tufayli Askerov bilan arazlashib qoldi
Aleksandr Druz va Rovshan Askerov «Chto? Gde? Kogda?» intellektual o‘yinining bahorgi mavsumidagi ilk o‘yinidan so‘ng kelishmay qolishdi. Ularning “Neskuchnyy sad”da bergan intervyusini o‘yinning YouTube portalidagi kanalida ko‘rish mumkin.
Ular o‘rtasidagi mojaroga Askerov jamoasining pomidorlar to‘g‘risidagi savolga bergan javobi sabab bo‘lgan. O‘yin mehmonlarining bir qismi bilimdonlar jamoasiga ochko berishni ma'qul ko‘rishgan bo‘lsa, ayrimlari javobni xato deb topishgan.
O‘yindan so‘ng, Druz Askerovni koyib, uni «millionlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida obro‘sini yo‘qotgan»likda aybladi. Askerov o‘z navbatida, Druzni «umuman obro‘siz» deb, ochko olish uchun javobni almashtirgan 90-yillardagi hodisani xotirlagan.