20:27 / 28.03.2016
1392

"Fenerbahche" va "Galatarsaroy" o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 13 aprel kuni o‘tkaziladi

Turkiya chempionatining 26 turida xavfsizlik sharoitlari tufayli o‘tkazilmay qolgan "Fenerbahche" va "Galatasaroy" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 aprel kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Yildirim Demironenga asoslanib, L’Équipe xabar tarqatgan.

Ushbu jamoalarning o‘yini 20 mart kuni o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, 19 mart kuni bu jamoalar sharafini himoya qiladigan Istanbul shahrida terakt sodir etilgan va uchrashuv noma'lum muddatga qoldirilgandi.

Manbaning yozishicha, Demironen ikki jamoa rahbariyati vakillari bilan uchrashuvdan keyin 13 aprel sanasida to‘xtalgan.

Ayni vaqtda "Fenerbahche" Turkiya chempionatining 25 turidan keyin 59 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Galatasaroy" esa 39 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

Istanbulda “Galatasaray” va “Fenerbahche” uchrashishi kerak bo‘lgan stadiondan muxlislar evakuatsiya qilindi

Top