Sport | 12:36 / 28.03.2016
1065
2 daqiqa o‘qiladi

Isko: «Real»ning omadsizliklarida faqat men va Xamesni aybdor qilish to‘g‘rimas»

«Real» jamoasi yarimhimoyachisi Isko o‘ziga va yana bir jamoadoshi Xames Rodrigesga bildirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi.

«Mavsum biz uchun og‘ir kechmoqda. Lekin jamoamizning barcha qayg‘usiga men va Xames aybdor sifatida ko‘rsatilishimiz adolatdan emas. Men bu hayotda aybdor echki rolini o‘ynamayman.

«Las-Palmas» bilan o‘yindan keyin (2:1) men o‘zimdan g‘azablandim (Isko o‘yinning 60 daqiqasida almashtirilgan), lekin o‘sha o‘yin uchun boshqalar ham afsuslanishi kerak.

Bizdan voz kechib yuborish kerak emas. Biz hali tirikmiz va YeChL g‘olibligi uchun kurashni davom ettirmoqdamiz», — deydi Isko.

Isko Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25 o‘yinda maydonga tushgan va 2ta gol urib, 7t golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Bundan oldinroq, «Real» muxlislari «Barselona»ga qarshi o‘yinda Xames va Isko maydonga tushishini istashmayotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish