19:26 / 28.03.2016
1536

Islom Karimov Lahordagi terakt munosabati bilan Pokiston rahbarlariga hamdardlik bildirdi

2016 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husayn va bosh vaziri Navoz Sharifga Lahor shahridagi istirohat bog‘ida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik ifodalangan maktublar yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti qurbon bo‘lganlarning hamda jabrlanganlarning oila a'zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik so‘zlarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni Pokistonning Lahor shahridagi bolalar istirohat bog‘ida terrorchilik harakati sodir etildi. Portlash oqibatida 72 kishi qurbon bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi jarohatlandi.

Terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" o‘z zimmasiga olgan.

Top