15:51 / 28.03.2016
1316

Manba: «Chelsi» 2015 yilning yozida Pogba uchun 90-95 mln yevro taklif qilgandi

Italiyaning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi Pol Pogba o‘tgan yilning yozida Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin edi.

Frantsuz futbolchisiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirishgan, biroq aniq taklif bilan faqatgina «Chelsi» chiqqan. Jamoa Pogbaga 90-95 million yevro atrofida taklif qilgan.

L’Equipe bergan xabarga ko‘ra, futbolchini shartnoma shartlari va o‘sha payti jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan Joze Mourino bilan ishlash qiziqtirgan.

Ammoning Pogba vakillari «Chelsi» taklif bilan kech murojaat qilgan deb hisoblashgan va shartnomaning barcha bandlari bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmasligini bildirishgan.

London klubi hozirda ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Pogbaga «Barselona», «Real», «PSJ» va «Manchester Siti» jamoalari ham qiziqish bildirgan.

Top