20:41 / 28.03.2016
1511

OAV: "Barselona" o‘yingohi Yohan Kroyff sharafiga qayta nomlanishi mumkin

"Barselona" jamoasining stadioni 24 mart kuni 68 yoshida vafot etgan sobiq futbolchi Yohan Kroyff xotirasini abadiylashtirish uchun qayta nomlanishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar tarqatgan.

O‘tgan yilning oktabrida Kroyffda o‘pka saratoni aniqlangan va u shifoxonasha yotqizilgandi. U 44 yoshidan buyon faol ravishda tamaki chekkan.

Manbada yozilishicha, 29 mart kuni jamoa direktorlar kengashi a'zolari yig‘ilish o‘tkazishadi va unda ko‘rib chiqiladigan masalalardan biri stadionni marhum futbolchi sharafiga qayta nomlash masalasi bo‘ladi. Yig‘ilishda Kroyffning xotirasini abadiylashtirish yo‘nalishidagi boshqa takliflar va tashabbuslar ham o‘rganilishi aytilgan.

Stadion nomi o‘zgartirilishi masalasidagi yakuniy qaror keyinroq ma'lum qilinadi.

"Uchar golland" 1973 yildan 1978 yilgacha "Barselona" uchun o‘ynagan va 1988-1996 yillarda jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlagan. U "ko‘k-anorranglilar" jamoasi bilan 4 marta ichki chempionatda g‘olib chiqqan, 1992 yilda chempionlar kubogida zafar quchgan.

Kroyff 1971, 1973 va 1974 yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Oltin to‘p" bilan taqdirlangandi.

"Barselona" muxlislari "Kamp Nou" stadionini Yohan Kroyff sharafiga qayta nomlashni taklif qildi

Top