16:34 / 28.03.2016
3444

Olimlar asos hujayralaridan yurak hosil qilishdi

Amerikalik olimlar bemor terisidan olingan asos hujayralaridan yurak o‘stirishga muvaffaq bo‘lishdi. Qo‘yilgan bu qadam bemorga 100 foiz to‘g‘ri keluvchi organlar transplantatsiyasiga yangi yo‘l ochib beradi.

Tajriba jarayonida transplantatsiyaga noloyiq deb topilgan 73 ta donor yuraklardan yasalgan karkas tuzilmadan foydalanilgan. Harvard tibbiyot muassasasining bir guruh genetiklar jamoasi bemor qabul qilmasligi mumkin bo‘lgan hujayralarni yo‘q qiluvchi maxsus detergent ishlab chiqishdi. Hosil bo‘lgan tuzilmaga texnika yordamida asos hujayrasiga aylantirilgan inson terisi hujayralari joylashtirildi.

"14 kundan so‘ng maxsus suyuqlik ichida mushak to‘qimalari yurak karkaslarini hosil qildi. Organ yetilmagan, ammo normal yurak holatiga kelganida elektroimpuls ta'sir ko‘rsatildi va buning natijasida yurak urishni boshladi. Avvallari sichqon yuragi ustidan ana shunday tajriba o‘tkazilib, o‘z isbotini topgandi, biroq endi olimlar labaratoriya sharoitida inson yuragini yaratish mumkinligini isbotlashdi", deb xabar beradi Popular Science nashri.

Top