20:00 / 28.03.2016
4426

Olimlar yana bir bor Isaak Nyutonning falsafiy tosh ixtiro qilishni orzu qilganini ta'kidlashdi

Kimyoviy meros fondining xodimlari "falsafiy tosh" yaratish usulini o‘ylab topishdi. Fond saytida xabar berilishicha, xususiy kolleksionerdan Isaak Nyutonning kimyoviy tadqiqotlari qayd etilgan hujjat qo‘lga kiritilgan.

"Nyuton amerikalik alkimyogar Eyreney Filalet taxallusi ostida yashiringan Jorj Stark qo‘lyozmalariga ko‘ra, falsafiy jismning tayyorlanishiga surma, Mars va Oyning (alkimyoda Mars - temir, Oy - kumush)qo‘llashni ko‘zlagan.

"Taxmin qilishlaricha, falsafiy aralashma bir metallni boshqasiga aylantirishi kerak bo‘lgan. Bu jarayon falsafiy toshni yaratish uchun zarur hisoblangan, alkimyogarlar bu tosh yordamida istalgan metallni oltinga aylantirishga ishonishgan", - deya izoh beradi Kimyoviy meros fondining vakili Jyeyms Uolkel.

Tadqiqotchilarning fikricha, Nyuton Starkning yozuvlaridan shaxsiy alkimyoviy tajribalarini o‘tkazishda foydalangan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramasdan, buyuk olimning Kembrijda saqlanayotgan labaratoriya yozuvlarida falsafa toshini yaratishga uringani haqida hech qanday aniq ma'lumot yo‘q.

Top