10:39 / 28.03.2016
1985

O‘zbekiston 2015 yilda 91,705 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi

O‘zbekiston 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 8 foizga ko‘p, ya'ni 91,705 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi, deb xabar qiladi Davlat statistika qo‘mitasi.

«Xususiy tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kichik biznesning sanoat ishlab chiqarishi ulushidagi hissasini 2014 yildagi 34,8 foizdan 2015 yilda 38,9 foizga oshirishga imkon bergan», — deyiladi qo‘mita hisobotida.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2015 yili kichik biznes korxonalari tomonidan 4,007 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqilgan.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 36,192 trln. so‘mni (+9,7 foiz), xususan: oziq-ovqat mahsulotlari 16,562 trln. so‘m (+17,8 foiz) va nooziq-ovqat mahsulotlari 19,63 trln. so‘m (+3,6 foiz)ni tashkil etgan.

Iste'mol mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarishidagi umumiy ulushi esa, 39,5 foizdan iborat bo‘lmoqda.

Top