Iqtisodiyot | 11:22 / 28.03.2016
3277
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2015 yili 15,7 mlrd dollar investitsiya o‘zlashtirildi

O‘zbekiston 2015 yilning 12 oyi davomida investitsiyaviy muhitni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari bilan birgalikda, yuqori texnologiyali va zamonaviy muhim obektlar va quvvatlarni ishga tushirishni jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatning amalga oshirilishi doirasida 40,737 trln so‘mlik (15,7 milliard dollarlik) investitsiyalarni o‘zlashtirdi.

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, bu orqali 2014 yilgi ko‘rsatkichlar 9,6 foizga yaxshilangan.

O‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 23,8 foizini chet el investitsiya va kreditlari tashkil qildi. Ularning hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 foiz o‘sdi.

Xorijiy investitsiyalarning 59,1 foizi (2014 yili 59,9 foiz) yoqilg‘i-energetika sohasiga, 19,2 foizi (2014 yili 22,1 foiz) transport va aloqa sohasiga, 3,6 foizi (2014 yili 1,3 foiz) yengil sanoat sohasiga, 1,4 foizi (2014 yili 0,8 foiz) kimyo va neftkimyo sanoatiga jalb etilgan.